Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni — turizmdan daromadlar o‘sishi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda

Saudiya Arabistoni — turizmdan daromadlar o‘sishi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda

Saudiya Arabistoni 2025-yilning birinchi choragida turizmdan daromadlar o‘sishi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda mamlakat turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, xorijlik sayyohlarning Saudiya Arabistonidagi sarf-xarajatlari 2025-yil ilk choragida 13,2 mlrd dollarga yetdi yoki 2024-yilning shu choragiga nisbatan deyarli 10 foizga o‘sdi.

Shuningdek, xorijlik sayyohlar soni o‘sishi 2019-yilning shu davriga nisbatan 102 foizni tashkil etgan. Bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 3 foiz, Yaqin Sharqdagi ko‘rsatkichdan 44 foiz yuqoridir.

Sayyohlar soni va shunga monand daromadlar o‘sishi Saudiya Arabistonini ko‘zlangan maqsad sari tobora yaqinlashtirmoqda — podshohlik yiliga 150 million nafar xorijlik turistni jalb qilishni  va jahondagi yetakchi sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanishni rejalashtirgan, deyiladi vazirlik bayonotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring