Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shri-Lanka poytaxtida komendantlik soati joriy etildi

Shri-Lanka poytaxtida komendantlik soati joriy etildi

Foto: «Hindustan Times»

Shri-Lanka poytaxti Kolomboda tartibsizliklar yuz berganidan so‘ng komendantlik soati joriy etildi.  Bu haqda «Reuters» xabar berdi. 

Kolombodagi to‘rt yirik politsiya okrugida, jumladan, markaziy okrugda cheklov kuchga kirdi. Muddati qachongachaligi noma’lum.

NDTV telekanali xabariga ko‘ra, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat keskin yomonlashib borayotganidan norozi 5 mingga yaqin kishi kecha, 31-mart kuni namoyishga chiqqan. Ular prezident qarorgohigacha borib, davlat rahbaridan iste’foga chiqishni talab qilishgan. Alal-oqibat tinch namoyish politsiya xodimlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi, ayrim isyonchilar prezident qarorgohiga kirishga urinishdi. Shundan so‘ng ularga qarshi politsiya maxsus bo‘linmalari tashlandi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring