Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud Kolumbiya prezidentini uy qamog‘i bilan jazoladi

Sud Kolumbiya prezidentini uy qamog‘i bilan jazoladi

Ivan Duke.

Foto: Noticiasnpi.com

Kolumbiya sudi mamlakat prezidenti Ivan Dukeni jarimaga tortib, besh kunlik uy qamog‘i bilan jazoladi. Bu haqda «teleSUR» xabar berdi.

Prezident Duke sudga hurmatsizlik qilgan deb topildi, ya’ni Kolumbiya oliy sudining 2020-yildagi qaroridan kelib chiqib, Los-Nevados milliy bog‘ini muhofazalash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan. Ekologlarning uqtirishlaricha, milliy bog‘ daraxtlari kesilishini va foydali qazilmalarni noqonuniy qazishni to‘xtatish uchun hukumat deyarli hech narsa qilmagan.

Sud, shuningdek, mamlakat prezidentini 3900 dollar atrofida jarimaga tortdi va milliy bog‘da tiklash va ta’mirlash ishlari olib borishda ko‘maklashish uchun politsiya yoki harbiylardan maxsus bo‘linma tashkil qilishni buyurdi.

Ekspertlarning fikricha, sud qarori bajarilishi dargumon. Aytilishicha, Kolumbiya prezidenti faqatgina qonunchilik maxsus komissiyasi tomonidan ayblanishi hamda mamlakat kongressi tomonidan sud qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring