Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud Trampning 10 mlrd dollarlik da’vosini uzil-kesil rad etdi

Sud Trampning 10 mlrd dollarlik da’vosini uzil-kesil rad etdi

Foto: Reuters

Florida shtatidagi federal okrug sudi AQSh prezidenti Donald Trampning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasiga qarshi 10 milliard dollarlik da’vosini rad etdi. Prezident gazetani qasddan tuhmat qilishda ayblagandi.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, sud shuningdek, Trampga da’voni qayta topshirish yoki o‘zgartirishni taqiqladi va natijada ishni yakunladi.

WSJ va uning egasi Rupert Merdokga qarshi da’vo dastlab Donald Trampning advokatlari tomonidan 2025 yil iyul oyida qo‘zg‘atilgan edi. Bu gazetada Trampning moliyachi Jeffri Epshteynga yuborgan tabrik xati haqidagi maqolaga tegishli edi. AQSh prezidenti xat muallifligini bir necha bor rad etdi. 2026 yil aprel oyida da’vo bekor qilindi. Trampning advokatlari uni o‘zgartirib, qayta topshirishdi.

Sudya Darrin Geylsning so‘zlariga ko‘ra, da’vogar yana sudlanuvchilarning aybini isbotlay olmadi. Sudya agar sudlar siyosatchi ayblovlarni har safar rad etganida ommaviy axborot vositalarini jazolasa, «jurnalistlar darhol tanqidiy yoki bahsli ma’lumotlarni nashr etishdan chetlashtiriladi, bu esa amerikaliklarning o‘z fikrlarini bildirish huquqini buzadi», deb ta’kidladi.

Byndan tashqari, sudya mualliflar Trampning o‘zidan izoh so‘rab, uni nashr etish orqali barcha zarur standartlarga javob berganliklarini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring