Sudoku otasi vafot etdi

Yaponiyada sudoku jumbog‘ini ixtiro qilgan Nikoli nashriyoti sobiq rahbari Maki Kadzi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar bermoqda Kyodo agentligi.
«Maki Kadzi «Sudoku otasi» sifatida tanilib, uni butun dunyodagi boshqotirma ishqibozlari hurmat qilishadi», — deyiladi nashriyot saytida.
Iyul oyida Kadzi sog‘lig‘i sababli kompaniya prezidenti lavozimidan ketdi. 10 avgustda Tokioda olamdan o‘tganda 69 yoshda edi. O‘limiga o‘t yo‘llari saratoni sababi bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi sudoku 1980-yillarda Nikoli nashriyoti tomonidan chop etilgan jurnal sahifalarida paydo bo‘lgan. Pirovard natijada kompaniya nomi butun dunyoga dong taratgan.
Shunga qaramay, shunga o‘xshash raqamli topshiriqlarni yaratish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Sudokoning ajdodi shveysariyalik matematik Leonard Eyler tomonidan ixtiro qilingan «Lotin kvadrati» o‘yini bo‘lgan deb hisoblanadi.
2000-yillarning boshlarida sudoku juda ommalashib ketdi. Gazetalarda an’anaviy krossvordlar o‘rniga raqamli katakchalar chop etila boshlandi. Sudoku bo‘yicha birinchi jahon chempionati 25 yil oldin o‘tkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter