Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tbilisida to‘qqiz kishi garovga olindi

Tbilisida to‘qqiz kishi garovga olindi

Foto: «Sputnik»

Tbilisida noma’lum shaxs to‘qqiz kishini garovga oldi, deya xabar berdi Gruziya IIV.

Hodisa Sereteli prospektidagi mikromoliyaviy tashkilotda yuz berdi.

Politsiya hududni qurshab olgan, maxsus operatsiya amalga oshirilyapti.

OAV guvohlarning so‘zlariga tayanib, hujum qiluvchilar besh kishi ekanligi va ular granatalar bilan qurollanganini yozishmoqda.

Bundan tashqari, «Rustavi 2»ning ma’lum qilishicha, garovga olingan ikki nafar  kishi qo‘yib yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring