Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda chegara qismiga hujum qilganlarga yashirincha hukm o‘qildi

Tojikistonda chegara qismiga hujum qilganlarga yashirincha hukm o‘qildi

Tojikiston Oliy sudi 2019 yilning noyabrida «Ishqobod» chegara qismiga hujum qilgan shaxslar ustidan hukm chiqardi. «Sputnik Tojikiston» xabariga ko‘ra, sud aynan necha kishi aybdor deb topilgani va necha yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida ma’lumot bermagan.

«Ayni paytda jamoatchilikka taqdim eta olishimiz mumkin bo‘lgan yagona ma’lumot shuki, ish ko‘rib chiqildi. Oliy sud hukm chiqardi va u kuchga kirdi», – deb aytgan sud matbuot xizmati vakillari.

O‘zbekiston bilan chegaradagi «Ishqobod» zastavasiga hujum o‘tgan yili 6 noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hujumda 9 erkak, 11 ayol va 4 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 13 nafar voyaga yetmaganlar qatnashgan. Hujumchilar aslida tojikistonlik bo‘lgani va ular Afg‘onistondan o‘tgani aytildi. Otishmada 15 nafar hujumchi o‘ldirilgan, kuch ishlatar tuzilmalarining 6 xodimi halok bo‘lgan.

Hujumdan keyinoq Tojikiston hukumati IShIDni aybladi. Biroq ikki kundan keyin IShID bu hujumga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, afg‘on mutasaddilar ham hujumchilarning Tojikistonga Afg‘onistondan o‘tganini inkor etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring