Tokio yaqinida 5,3 balli zilzila kuzatildi

Yaponiya poytaxti Tokio shahriga qo‘shni Tiba prefekturasida 5,3 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Zilzila prefekturaning shimoliy-sharqida, yerning 50 kilometr qa’rida yuzaga kelgan.
Halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi. Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Yer osti silkinishlari Ibaraki prefekturasida ham sezilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter