Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tushuntirdi

Tramp saylovlardagi mag‘lubiyatini tushuntirdi

Foto: «Vovkinsite.ru»

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini izohladi. Bu haqda u Twitterda yozib qoldirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ovoz berish mashinalaridagi xatolar tufayli kam ovoz to‘plagan.

«Ovoz berish mashinalarida katta muammolar bor, bu judayam kulgili. Ular katta g‘alabani qo‘lga kiritishga va jiddiy mag‘lubiyatlarga duchor qilishga qodir. AQShda bunday bo‘lmasligi kerak», — dedi Tramp.

Bayden prezidentlik poygasida g‘alaba qozonish uchun keragidan ortiq ovoz to‘pladi. U Kaliforniya shtatida saylovchilarning 55 ta ovozini qo‘lga kiritib, shu tariqa 302 ta ovozga ega bo‘ldi. Prezidentlik poygasida g‘olib bo‘lish uchun esa saylovchilarning 270 ta ovozi kifoya qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring