Turkiya Eronga bostirib kirishni rejalashtirmayapti — Mudofaa vazirligi
Turkiya mudofaa vazirligi bir qator xorijiy ommaviy axborot vositalarining AQSh tomonidan hujum qilingan taqdirda Eron hududiga bostirib kirish rejalari haqidagi da’volarini rad etdi.
"Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, agar AQSh Eronga hujum qilsa, Turkiya xavfsizlik nuqtai nazaridan Eron hududiga bostirib kirishni rejalashtirayotgani haqidagi da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - deya ma’lum qildi Turkiya mudofaa vazirligi jurnalistlarga.
Avvalroq G‘arb ommaviy axborot vositalarida Anqara go‘yoki Eron va AQSh o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan taqdirda Islom Respublikasi hududida bufer zona yaratish rejalarini tayyorlayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter