Turkiya tibbiyot turizmidan 643 million dollar daromad oldi

Turkiyaning tibbiyot turizmidagi daromadi 2025 yilning birinchi choragida 6,9 foizga ortib, 643 million 356 ming dollarga yetdi.
Xalqaro sog‘liqni saqlash xizmatlari korporatsiyasi (USHAŞ) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda 1 million 506 ming 442 kishi tibbiy xizmatdan foydalanish uchun Turkiyaga kelgan va undan tushgan daromad 3 milliard 22 million 957 ming dollarni tashkil etdi.
Turkiyada 2025 yilning birinchi choragida jami turizm daromadlari ichida tibbiyot turizmining ulushi ortdi. Yanvar-mart oylari orasida jami 354 ming 457 kishi sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish uchun Turkiyaga tashrif buyurgan va daromad esa 643 million 356 ming dollarga yetgan.
Tibbiyot turizmi hozirda dunyo bo‘ylab jami 100 milliard dollar atrofida daromad ko‘rmoqda va bu ko‘rsatkich 2028 yilga kelib 127 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Turkiya esa 2028 yilda tibbiy turizm daromadini 20 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
“Turkiya so‘nggi paytlarda tibbiyot turizmidagi mehnatlarining samarasini ko‘rmoqda”
“Turkiya oxirgi paytlarda tibbiyot turizmidagi mehnatlarining samarasini ko‘rmoqda. Turizm daromadlari joriy yilning birinchi choragida taxminan 5,6 foizga oshgan bo‘lsa, daromadlar ichida tibbiyot turizmi daromadi 6,9 foizga oshdi. Bular biz uchun yetarli emas, chunki bizning oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimiz bor va bu sari qat’iy qadamlar tashlamoqdamiz”, - deydi Xalqaro sog‘liqni saqlash xizmatlari korporatsiyasi (USHAŞ) bosh direktori Behlul Unver tibbiyot turizmi ma’lumotlarining quvonarli darajaga yetganini va Turkiyaning bu sohadagi muvaffaqiyati tobora ortib borayotganini ta’kidlab.
Shuningdek, Unver sog‘liqni saqlash xizmatlari uchun “HealthTürkiye” platformasi yaratilganligini eslatdi.
Tibbiyot turizmi haqidagi ma’lumotlar “HealthTürkiye” platformasi orqali taqdim etiladi.
Unver Turkiyaga kelgan mehmonlar va bemorlarni “HealthTürkiye” platformasidan foydalanishga chaqirdi va tibbiyot turizmi nuqtai nazaridan “HealthTürkiye” kodini yaratish zarurligini ta’kidlab shunday davom etdi:
“Bemorlarning sog‘liqni saqlash muassasalarida xizmatdan foydalanayotganda ushbu kodni olishi va sog‘liqni saqlash muassasasining ushbu kodni tizimga kiritishi muhim, shunda biz bu xizmatni orqa fonda qaysi muassasa taqdim etayotganini kuzatishimiz mumkin”.
Shuningdek, Unver “HealthTürkiye” platformasiga a’zo bo‘lish majburiyligini va bu uchun 6 oylik o‘tish davri borligini eslatib o‘tdi. Uning fikriga ko‘ra, endi ushbu platforma orqali tibbiyot turizmi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi. Qolaversa, Turkiyaga qancha bemor kelgani, ularning yoshi, qanday xizmatlar olgani va qaysi davlatlardan kelganini ko‘rish imkoniyati mavjud.
Tibbiyot turizmidan foydalanuvchilar uchun “Viza” qulayligi
Behlul Unver, shuningdek, Turk Havo Yo‘llari ham platforma orqali Turkiyaga keladigan mehmonlar uchun chegirma yo‘lga qo‘yganini ma’lum qildi:
“Viza uchun qulaylik ham taqdim etamiz. Bizda viza kodi degan tizim mavjud. Chet eldan tibbiyot turizmi bo‘yicha kelmoqchi bo‘lganlar “HealthTürkiye” platformasiga kirib, ma’lumotlarini bu yerga kiritganlarida, qaysi xizmatni va qayerda olishlarini tasdiqlaymiz va kod beramiz. Ular bu kod bilan konsullik yoki elchixonaga borganlarida, Turkiyaga kelishda ustunlikka ega bo‘lgan hisoblanadilar va bemalol Turkiyaga kelishlari mumkin. Qaysi tibbiyot muassasasiga borishi va qaysi shifokor xizmat ko‘rsatishini o‘zlari tanlashlari mumkin”.
Platformaga 5500 ta sog‘liqni saqlash muassasalari va 1275 ta vositachi muassasalar kiritiladi.
“HealthTürkiye” platformasiga vositachi muassasalar va sog‘liqni saqlash muassasasi a’zolari soni kundan kunga ortib bormoqda. Behlul Unver ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyada tibbiyot turizmi bo‘yicha vakolatli 5500 ga yaqin sog‘liqni saqlash muassasasi bor. Shuningdek, 1275 ga yaqin vositachi muassasalar mavjud. Ularning platformaga a’zoligi ham 6 oy ichida ta’minlanadi. Agar a’zo bo‘lmasa, tibbiyot turizmi bilan shug‘ullana olmaydi.
“Bizni nafaqat sayyohlar, balki sayyohlarning sog‘lig‘i ham qiziqtiradi. Mehmonxonalardagi mehmonlarimiz sog‘liqni saqlash xizmatlaridan qanday foydalanishni bilmaydilar. Biz QR kodlarini ko‘rinadigan joylarga va mehmonxonalardagi xonalarga joriy qilmoqdamiz. Taxminan 3-4 oydan beri Antaliyadagi bir qancha mehmonxonalarda tajriba dasturi davom etmoqda. Ular ushbu QR kodi bilan platformaga yo‘naltiriladi”,- dedi Unver Turkiyaga tashrif buyurgan sayyohlar uchun yangi dastur ishga tushirilganini eslatib.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter