Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«U ikki marta saylangan» — Turkiyada Erdo‘g‘onning saylovda qatnashishiga qarshiliklar bo‘lmoqda

«U ikki marta saylangan» — Turkiyada Erdo‘g‘onning saylovda qatnashishiga qarshiliklar bo‘lmoqda

Turkiya muxolifati mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ustidan shikoyat qildi. Ular undan bo‘lajak prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishdan voz kechishni talab qilmoqda.

Deutsche Welle xabariga ko‘ra, partiya a’zolari Erdo‘g‘on nomzodining ilgari surilishi Konstitutsiyani buzish, deb hisoblashmoqda, chunki u ikki marta mamlakat prezidenti etib saylangan. 2014 va 2018 yillardagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Erdo‘g‘on Turkiya parlamenti muddatidan oldin saylovlar e’lon qilgan taqdirdagina uchinchi marta nomzodini qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi, deya ta’kidlaydi muxolifatchilar. Ammo 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlar prezident farmoni bilan belgilangan.

Huquqshunoslar qonun normalari Erdo‘g‘onga yana nomzodini qo‘yishga imkon beradimi yoki yo‘qligi borasida bir fikrga kelmagan. Bu yilgi saylovlarda Turkiya prezidentligiga nomzodlarning yakuniy ro‘yxati 31 mart kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Turkiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga hozirgacha to‘rt nafar nomzod qabul qilingan. Erdo‘g‘ondan tashqari davlat rahbari lavozimiga Kamol Qilichdoro‘g‘li, Muharrem Inje va Sinan O‘g‘an nomzod bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring