Turkiyalik saylovchilarning necha foizi Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlaydi?

Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi oldidan «ORC» ijtimoiy markazi o‘tkazgan so‘rovda yetakchilik qilmoqda. Unga ko‘ra saylovchilarning 53,4 foizi Erdo‘g‘on uchun ovoz berishga tayyor. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Mazkur so‘rovda 3410 kishi qatnashgan.
Turkiyada prezident saylovida Erdo‘g‘ondan tashqari Muharram Inje, Salohiddin Demirtosh, Meral Akshener, Temel Karamollao‘g‘lu va Dog‘u Perinchek kabi nomzodlar ham ishtirok etmoqda.
Erdo‘g‘onning asosiy raqibi Injega esa 23,8 foiz, Akshenerga 11,5 foiz saylovchi ovoz berishga tayyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter