Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston: rasmiylar mamlakat aholisining ikki baravar kamayganligini qayd etmoqda

Turkmaniston: rasmiylar mamlakat aholisining ikki baravar kamayganligini qayd etmoqda

Turkmaniston aholisi 2,7 millionga tushib, 1980-yillardagi ko‘rsatgich bilan bir xil holat qayd etilgan. Bu haqda aholini ro‘yxatga olishga tayyorlanayotgan davlat organlari vakillari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar asosida xabar berilmoqda. Dastlabki taxmin rasmiy ma’lumotlardan ikki baravar kam ekanligini ko‘rsatmoqda.

Jahon bankining rasmiy ma’lumotlarga asoslangan statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda Turkmanistonda aholi soni 5,8 million kishini tashkil etadi. Hukumatning rasmiy ma’lumotlarida esa 2020-yilda aholi soni 6,2 million kishini tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Turkmanistonda aholi soni ikki barobarga qisqarib ketganligi hatto rasmiylarni ham hayratda qoldirgan.

2008-2018-yillarda mamlakatni 1,8 milliondan ortiq odam tark etgan. Tekshiruvlar aholi Turkiya, Rossiya, Ukraina va hatto O‘zbekistonga ketganligini ko‘rsatmoqda. 2018-yilda rasmiylar 40 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning mamlakatni tark etishlarini to‘xtatgan.

Rasmiylar mamlakatdan chiqish bo‘yicha hujjatlarni murakkablashtirishni taklif qilishmoqda.

Turkmaniston Gurbanguli Berdimuhammedov boshqaruvi yillarida so‘z, siyosiy hayot, matbuot va Internet erkinligi va korrupsiya darajasidagi barcha dunyo reytinglarida eng past pozitsiyalarni egallab turibdi. Shu bilan birga, mamlakat jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarni, oziq-ovqat va yoqilg‘i tanqisligini boshdan kechirmoqda. Oziq-ovqat uchun uzoq navbatlar yuzaga kelgan. Ijara uchun qarzlar kundan-kunga o‘sib bormoqda. Muddatli harbiy xizmatchilar o‘zlarini boqishlari uchun dalada ishlashga majbur. Paxta dalalarida hamon majburiy mehnat va bolalar mehnati qo‘llaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring