Turkmanistonda 153 kishi davlat hisobidan hajga boradi

Bu yil Turkmanistondan 153 kishi davlat hisobidan haj ibodatlarini ado etib keladi. Bu haqda Turkmanistonning «Neytralniy Turkmenistan» gazetasi xabar berdi.
Bu haqdagi hujjatni Turkmaniston prezidenti Gurbangulu Berdimuhammedov imzolagan.
«Türkmenhowaýollary» (Turkmaniston havo yo‘llari) o‘zining shaxsiy mablag‘lari hisobidan 153 kishini «Boing 737-800» rusumli samolyot orqali hajga olib borib keladi.
Prezident imzolagan hujjatga asosan, turkman ziyoratchilari muqaddas shaharlar – Makka va Madinani shu yil 5–27 avgust kunlari ziyorat qilishadi.
Bu guruh davlat ko‘magida haj ibodatlarini amalga oshiradi. Qolganlar esa safarni o‘z hisoblaridan ado etishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter