Turkmanistonda korrupsionerlarning musodara qilingan uylari bolalar bog‘chalariga aylantiriladi (foto)

Turkmanistonda sobiq IIV rahbari Iskandar Mulikov va prezident xavfsizlik xizmati sobiq boshlig‘i Meylis Nobatov katta miqdorda pora olganliklari uchun hibsga olinib, sudlangan, deya xabar berdi CA-NEWS.
Korrupsiya jinoyatlarida ayblanganlarning qo‘sha-qo‘sha hashamatli uylari, qimmatbaho mashinalari, ko‘p miqdordagi taqinchoqlari va xorijiy valyutalari musodara qilingan.



Bularning jami qiymati qanchaligi aytilmadi, biroq prezident Berdimuhammedovning ta’kilashicha, yuqorida nomlari tilga olingan shaxslar o‘g‘irlagan boyliklar xalqqa tegishli va IIVning amaldagi rahbari Mammetxan Chaqiyevga bu pullarni maxsus hisobga o‘tkazib, maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, shifoxonalar yoki turarjoylar qurishga yo‘naltirish haqida topshiriq berildi.
Davlat rahbari korrupsionerlarning musodara qilingan uylarini bolalar bog‘chalari, IIV xizmatlari, prokuratura, hokimliklar va boshqa muassasalarga foydalanish uchun topshirishni buyurdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter