Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urushga qaramasdan rus oligarxlari boyib ketmoqda

Urushga qaramasdan rus oligarxlari boyib ketmoqda

Bloomberg Billionare Index tomonidan e’lon qilingan milliarderlar indeksiga ko‘ra, Rossiyadagi eng boy odamlarning boyligi Ukraina urushiga qaramasdan yil boshidan beri 32,01 milliard dollarga oshdi.

Xususan, LUKOYL asoschisi Vagit Alekperov o‘z boyligini 7,25 milliard dollarga oshirdi, uning jami mablag‘i 22,6 milliard dollarga yetdi, Vladimir Lisin 4,36 milliard dollarga, NOVATEK rahbari Leonid Mixelson 3,49 milliard dollarga boyidi. 

Shu bilan birga, 2023 yil yanvar oyidan buyon dunyoning eng boy 10 nafar tadbirkori jami 420,5 milliard dollarga boyidi. Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Yer yuzidagi eng boy odam bo‘lib qolmoqda. Joriy yil boshidan buyon uning boyligi 98,4 milliard dollarga oshib, 235 milliard dollarni tashkil qildi.

Umuman olganda, Bloomberg milliarderlari indeksi sayyoramizning 500 ta eng boy odamni, jumladan, 25 nafar Rossiya fuqarosini o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring