Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyda chekish taqiqlandi — Tailand

Uyda chekish taqiqlandi — Tailand

Foto: «EHB»

Bugun, 21-avgustdan Tailandda uyda chekishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Kashandalar maishiy zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Ish yuvenal va boshqa sudlarga oshirilishi mumkin, deb xabar berdi «EHB».

Chunki passiv chekishdan eng ko‘p ayollar va bolalar aziyat chekadi. Bugundan boshlab ular Tailandda qurbon hisoblanishi mumkin. Har bir provinsiyaning qaynoq liniya raqami mavjud bo‘lib, unga qo‘ng‘iroq qilish va intizombuzarlik haqida xabar berish mumkin.

Tamaki bo‘yicha tadqiqot guruhi menejeri Ronachay Xongsakonning so‘zlariga ko‘ra, bunga, ayniqsa, ayollar duch kelishmoqda: 81 foizi uydagi passiv chekish qurboni. Uning ta’kidlashicha, butun dunyoda yiligi 430 ming kishi passiv chekish tufayli hayotdan ko‘z yumadi. Uning uchdan ikki qismini ayollar tashkil etadi. Aytishlaricha, Tailandda 10 million kishi chekadi va yiliga 72 ming nafar odam vafot etadi.

Tailandning yangi qonuni kashandalarni uyda chekishini to‘xtatishiga qaratilgan. Endi odamlar 1300 raqamini terib, Oila va himoya markaziga qo‘ng‘iroq qilib, shafqatsiz munosabat haqida xabar berish imkoniyatiga ega. Ish yuvenal va boshqa sudlarga oshirilishi ham mumkin. Bu qadam Tailandda, ayniqsa, jamoat joylarda chekishni tashlash bo‘yicha qo‘llanilgan uzundan-uzun chora-tadbirlarning so‘nggisi hisoblanadi.

Ayni vaqtda mehmonxonaga kirishdan 5 metr masofada chekish taqiqlanadi: aks holda huquqbuzarlik uchun 5 ming bat jarima to‘lanadi. Aeroportlarda chekish mutlaqo taqiqlanadi. Chekuvchilar uchun terminallar tashqarisida maxsus joylar ajratilgan. Plyajda chekish ham man etiladi. 2018-yil fevralida kuchga kirgan qonunga ko‘ra bundaylar qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring