Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyida o‘tirgan 92 yoshli pensionerni mashina urib yubordi (foto)

Uyida o‘tirgan 92 yoshli pensionerni mashina urib yubordi (foto)

Foto: «Manchester Evening News»

Angliyaning Bolton shahri, Buyuk Manchester grafligida 92 yoshli pensionerning uyiga mashina kirib kelib, uni jiddiy jarohatladi. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar bermoqda.

28-noyabr, yakshanba kuni ertalab ismi oshkor etilmayotgan ayol o‘tirgandi. Bir payt devorni teshib o‘tgan BMW rusumli avtomobil uni urib yubordi.

Pensioner oyog‘idan og‘ir tan jarohati olib, zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Avtomobil haydovchisi 39 yoshli britaniyalik boshidan jarohat olgan, biroq uning hayoti xavf ostida emas. Erkak xavfli haydash natijasida hujum qilish va jiddiy jarohat yetkazishda gumon qilinib hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring