Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden huzuriga kirishga uringan qurollangan er-xotin qo‘lga olindi

Jo Bayden huzuriga kirishga uringan qurollangan er-xotin qo‘lga olindi

AQSh poytaxti Vashington shahrida qurollangan er-xotin Jo Baydenga xat yetkazib berishga urinish vaqtida qo‘lga olindi.  Fox Newsning ma’lumot berishicha, 13-fevral kuni 66 yoshli erkak qurollangan holda Oq uy nazorat punktiga yaqinlashgan. U qo‘riqchilarga AQSh Prezidenti uchun xat olib kelganini ma’lum qilgan.

Uning ayoli esa ro‘yxatdan o‘tmagan qurol olib yurgani sababli maxfiy xizmat xodimlari tomonidan hibsga olingan. Shubhali shaxslarning maqsadi to‘liq yoritilmagan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, Jozef Bayden Qo‘shma Shtatlar Kongressini qurol-yarog‘dan foydalanishini tartibga soluvchi qonunlarni isloh qilishga chaqirgan edi. Baydenga ko‘ra, qurol sotishdan oldin xaridorning tarixini tekshirish kerak. U harbiy qurolni oddiy fuqarolarga sotadigan korxonalar xatti-harakati uchun javobgargarlikka tortilishi shart deb hisoblaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring