Xitoyda 500 dollardan «bola puli» beriladi

Xitoyda tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun davlat subsidiyalarining yangi tizimi joriy etiladi, deb xabar berdi «Sinxua» agentligi.
Unga ko‘ra, uch yoshgacha bolalarga yiliga 3,6 ming yuan (503 dollar)dan to‘lanadi.
20 milliondan ziyod oila ushbu to‘lovni olishi kutilmoqda. Dastur bola boqish xarajatlari oshishidan xavotirlanayotgan yosh oilalarda farzand tug‘ilishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Bloomberg yozishicha, Xitoy aholisi qatorasiga uch yildan buyon qisqarmoqda. Xususan, 2024-yilda mamlakatda 9,5 million nafar chaqaloq dunyoga kelgan, vafot etganlar esa — 10,9 million kishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter