Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda suv toshqinlari tufayli 20 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda suv toshqinlari tufayli 20 kishi halok bo‘ldi

Foto:«AP»

Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida kuchli yomg‘irlar tufayli hosil bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi izsiz yo‘qolgan. «RIA Novosti»ning  mahalliy hukumatga asoslanib xabar berishicha,  5,5 mingdan ortiq kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Hozirgi vaqtda 3 mingdan ziyod kishi, jumladan, mahalliy aholi, politsiya, shifokorlar va qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari, xavfga yo‘liqqan shaxslarni ko‘chirish, oziq-ovqat, tibbiyot vositalari va zaruriy buyumlarni yetkazish ishida qatnashmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring