Xitoyda suv toshqinlari tufayli 20 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanida kuchli yomg‘irlar tufayli hosil bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi izsiz yo‘qolgan. «RIA Novosti»ning mahalliy hukumatga asoslanib xabar berishicha, 5,5 mingdan ortiq kishi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Hozirgi vaqtda 3 mingdan ziyod kishi, jumladan, mahalliy aholi, politsiya, shifokorlar va qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari, xavfga yo‘liqqan shaxslarni ko‘chirish, oziq-ovqat, tibbiyot vositalari va zaruriy buyumlarni yetkazish ishida qatnashmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter