Xitoyning eng keksa fuqarosi Almixon Saitiy 135 yoshida vafot etdi

Xitoyning eng keksa fuqarosi Almixon Saitiy 135 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Sinxua» xabar berdi.
Uyg‘ur millatiga mansub Almixon Saitiy Shinjon viloyatining Qashqar shahri yaqinidagi qishloqda istiqomat qilib kelgan. Uning hujjatlarida 1886-yilning 25-iyunida tavallud topgani qayd etilgan.
Almixon momo keksaligiga qaramay o‘ta harakatchan va qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rgan, dutorda ajoyib kuylar chala olgan.
Xitoyning gerontologiya va geriatriya uyushmasi tuzgan mamlakatning eng keksa odamlari ro‘yxatini Almixon Saitiy 2013-yildan beri boshqarib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter