Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Rossiya, Xitoy va KXDRni aybladi

Yaponiya Rossiya, Xitoy va KXDRni aybladi

Yaponiyada kiberxavfsizlik strategiyasi loyihasi Mamlakat kiberxavfsizlik shtabining yig‘ilishida ma’qullangan.  Agentlik saytida chop etilgan hujjatda xakerlik hujumlarining potensial manbalari sifatida birinchi marta Rossiya, Xitoy va KXDR qayd etilgan. Bu haqda TASS ma’lum qilmoqda.

«Yaponiya atrofidagi xavfsizlik holati tobora og‘irlashib bormoqda va kiberfazo mamlakatlar o‘rtasidagi raqobat joyiga aylanib, geosiyosiy keskinlikni aks ettirmoqda. Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘z kiberfazosi imkoniyatlarini kuchaytirmoqda va ma’lumot o‘g‘irlashga qaratilgan kiberhujumlar uyushtirmoqda», deyiladi hujjatda.

Shuningdek, Xitoy kiberhujumlarni harbiy va boshqa ilg‘or texnologiyalarni qo‘lga kiritish uchun, Rossiya esa, go‘yoki, boshqa mamlakatlarda foydali harbiy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun amalga oshirayotgani da’vo qilinadi.

Kiber potensialni kuchaytirish uchun Yaponiya xavfsizlik bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqot ishtirokchilari bilan yaqindan ishlash niyatida, unga Avstraliya, Hindiston va AQSh kiradi, deyiladi tasdiqlangan strategiyada.

Yaponiyada har yili turli xil kompyuter tarmoqlari va tizimlariga 4 mingdan ortiq noqonuniy kirishga urinishlar qayd etiladi.  Xususan, NEC va Mitsubishi Electric yirik elektr korporatsiyalari so‘nggi yillarda kiberjinoyatchilar qurboniga aylangan.

G‘arb davlatlari bundan oldin ham Rossiyaning turli kiberhujumlarda, jumladan, davlat idoralari va AQSh kompaniyalariga aloqadorligi haqida bir necha bor ayblovlar bildirishgan.  Rossiya tomoni bu ayblovlarni doimiy ravishda rad etib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring