Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada to‘fon ortidan kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyada to‘fon ortidan kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyaning Xokkaydo orolida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr».

AQSh Geologik tadqiqotlar markazi (USGS)ning ma’lum qilishicha, yer silkinishi Tomakomai shahrining 27 kilometr g‘arbida, yerning 33,4 kilometr qa’rida yuzaga kelgan.

«Kyoda» axborot agentligining xabar berishicha, Yaponiya hukumati matbuot kotibi Yoshixide Suga Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abey zilziladan zarar ko‘rganlarga yordam berish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berganini ma’lum qildi.

Xokkaydo orolida kuzatilgan tabiiy ofat oqibatida hududda elektr energiyasi uzilgan.

Sapporo shahrida telekanallar namoyishi to‘xtab qolgan.

Eslatib o‘tamiz,4 sentyabr kuni Yaponiyaning Sikoku, Xonsyu orollari va boshqa hududlariga kuchli to‘fon yopirilgan edi. To‘fon tufayli 10 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ziyod kishi jabrlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring