Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada yolg‘izlik bo‘yicha vazir lavozimi paydo bo‘ldi

Yaponiyada yolg‘izlik bo‘yicha vazir lavozimi paydo bo‘ldi

Yaponiyada yolg‘izlik masalalari bo‘yicha vazir lavozimi paydo bo‘ldi. Bu haqda Kiodo agentligi hududlar hayotini tiklash bo‘yicha vazir Tetsushi Sakamotoning bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 12-fevral kuni Bosh vazir Yosixide Suga u bilan uchrashgan va o‘z lavozimini yolg‘izlik vaziri lavozimi bilan birlashtirishni buyurgan.

Suganing bu qarorga o‘z joniga qasd qilishning ko‘payishi va koronavirus o‘rtasida yuzaga kelgan boshqa muammolar sabab bo‘lgan.

2020-yilda Yaponiyada so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta o‘z joniga qasd qilganlar soni ko‘paygan. O‘sish 3,7 foizni tashkil etdi. Mamlakatning 20 ming 900 fuqarosi o‘z ixtiyori bilan hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring