Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yun Sok Yol umrbod qamoq hukmi ustidan apellyasiya berdi

Yun Sok Yol umrbod qamoq hukmi ustidan apellyasiya berdi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yol 2024 yildagi qo‘zg‘olon ishi bo‘yicha chiqarilgan umrbod ozodlikdan mahrum etish hukmi ustidan apellyasiya shikoyati berdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qildi.

«Biz mazkur sud qaroridagi muammolarni faqat protokol maqsadlarida emas, balki tarix manfaatlari nuqtai nazaridan ham ochiq-oydin ko‘rsatishga majburmiz, deb hisoblaymiz. Prokuror tomonidan haddan tashqari g‘ayrat bilan tayyorlangan ayblov xulosasi va shu asosda qabul qilingan birinchi instansiya sudining ziddiyatli qarori, shuningdek, uning siyosiy konteksti borasida sukut saqlamaymiz», — deb bayonot bergan sobiq prezident advokatlari.

Agentlik boshqa tafsilotlarni keltirmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring