Zilzilada omon qolgan oila yong‘inda halok bo‘ldi

G‘oziantep (Turkiya)dagi zilzilada omon qolgan yetti nafar suriyalik, ular Ko‘nyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, yong‘in oqibatida halok bo‘ldi. Ikki kishi jarohat olgan, ular shifoxonaga yetkazildi.
Haberler yozishicha, yong‘in suriyalik ikki oila ijaraga olgan xususiy uyda chiqqan. Olov kuchayib, uyning tomi bosib qolgan. Halok bo‘lgan yetti suriyalik — bir oilaning a’zolari.

Baxtsiz hodisa joyida maxsus xizmatlar ish olib boryapti.
Kecha oqshom Hatay (Turkiya)da 5,1 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6-fevraldagi kuchli zilzila oqibatida shikastlangan ayrim uylar qulab tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter