Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan boshlab barcha don va un ochiq birjada sotiladi

Bugundan boshlab barcha don va un ochiq birjada sotiladi

Foto: Google.com

Bugun don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z kanalida ma’lum qilib o‘tgan.

Qarorda aytilishicha:

• joriy yilda 7 mln tonnadan ortiq g‘alla yetishtirilgan;

• I nav unning ulgurji va chakana narxlarini ma’muriy tartibda belgilash natijasida un ishlab chiqaruvchi tashkilotlar har bir tonna undan salkam 900 ming so‘m zarar ko‘rmoqda.

Shunga ko‘ra, 2019 yil 15 oktyabrdan quyidagi tartib o‘rnatiladi:

— «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi tashkilotlar tomonidan 2019 yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga yo‘naltiriladigan bug‘doydan boshqa g‘alla iste’molchilarining barcha toifalariga faqat birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi;

— davlat xaridlari doirasida sotib olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olinadigan un barcha iste’molchilarga hech qanday cheklovlarsiz 100 foiz oldindan to‘lovni amalga oshirish orqali ochiq birja savdolarida sotiladi;

— un narxi keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida 2019 yil hosilidan tayyorlangan bug‘doyning tonnasi un ishlab chiqarishga 1 mln 300 ming so‘mdan ulgurji narxlarda sotiladi. Bunda, bug‘doyning o‘rtacha xarid narxi va ulgurji narxi o‘rtasidagi 120 ming so‘m miqdoridagi salbiy farq Moliya vazirligi tomonidan qoplanadi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun to‘lanayotgan pul kompensatsiyasi ko‘paytiriladi.

Jumladan, quyidagilar 50 ming so‘mga oshadi:

— yoshga doir va nogironligi bo‘yicha nafaqa;
— boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga);
— bolalikdan nogiron bo‘lgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa;
— 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar va 18 yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa;
— belgilangan eng kam yoshga doir pensiyaning miqdoridan kam pensiya oluvchi har bir pensiya oluvchiga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi;
— mahallalar tomonidan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishi uchun tayinlangan nafaqa;
— moddiy yordam oluvchi oilaga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasi;
— 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari uchun tayinlangan nafaqa;
— belgilangan eng kam yoshga doir pensiya miqdorida pensiya oluvchilarning nafaqa va pensiyalari.

Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlari chakana savdo shaxobchalarida un va qolipli nonning iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berilishi ustidan kunlik qat’iy nazorat o‘rnatadi hamda 2020 yil 1 yanvargacha har haftada Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotlar kiritib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring