Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda sovuq suv narxi yana oshadi

Toshkentda sovuq suv narxi yana oshadi

Toshkent shahrida sovuq suv narxi 24-avgustdan e’tiboran oshadi. Bu haqda «Suvsoz» tomonidan rasmiy xabar berildi. Unga ko‘ra yangi narxlar shahar hokimiyati tomonidan tasdiqlangan. 

Endilikda 1 kubmetr ichimlik suvi 280 so‘mdan 310 so‘mga, oqava suv narxi esa 235 so‘mdan 250 so‘mga oshiriladi. Oshirilgan tarif narxi qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqa soliqlarni hisobga olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24-aprelida ham sovuq suv narxi oshgan, ammo «Suvsoz» bu haqda jamoatchilikka kech xabar bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring