Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×

Турсунали Акбаров

O‘qituvchi jalb etilmagan shu ish qolganmidi?..

O‘qituvchi jalb etilmagan shu ish qolganmidi?..

Foto: «Dia.uz»

Hovliga ko‘chib o‘tganimizga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Mahallamiz yangi, imoratini bitira sola ko‘chib kelayotgan soniga baraka kirib, ko‘chalarimiz ham to‘lib qoldi. Yangi mahallaning kamchiliklari o‘ziga yarasha: har kim imkoniyatidan kelib chiqib, hovlisi atrofini obod qilish bilan band.

Kecha shomga yaqin eshik taqqilladi. Chiqsam qirqlarni qoralab qolgan ikki nafar ayol turibdi. Ikkisining ham qo‘lida ruchka, daftar. Rang qochgan chehrasida juda charchashganini ilg‘ash qiyin emas.

Xayrli yumush - yangi xonadon egalarining talab va takliflarini o‘rganib yurishgan ekan: «Qanday kamchiliklar bor?», «Gaz, suv, svetda uzilishlar bo‘lmayaptimi?», «Nimalarga ehtiyoj sezyapsizlar: telefon, internet?»...

Bunday yo‘qlovdan kim xursand bo‘lmaydi, deysiz? E’tibordan bosh osmonga yetdi.

Biroq xayrlashish chog‘ida xursandlikdan asar qolmadi: ularni mahalla fuqarolari yig‘ini faollari, degan xayolda edim, yo‘q, o‘qituvchilar ekan. Darsdan keyin jamoat ishlari jalb etilibdi: yangi mahalla ahlining ehtiyojlarini o‘rganish uchun...

O‘qituvchi jalb etilmagan shu ish qolganmidi?

Комментарии

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети