Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda musodara qilingan «HUMMER H1» 301 million so‘mga sotildi

Andijonda musodara qilingan «HUMMER H1» 301 million so‘mga sotildi

Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Sh.Temirboyev boshqaruvidagi HUMMER H1» rusumli davlat raqami 04 KG 079 ADE bo‘lgan transport vositasini 29.09.2019-yilda «Do‘stlik» chegara posti orqali O‘zbekiston Respublikasiga olib kirgan.

Sh.Temirboyev transport vositasini 27.12.2019-yilga qadar Respublika hududidan olib chiqib ketish kerak bo‘lsada, belgilangan muddatda transport vositasini Respublika hududidan olib chiqib ketmaganligi natijasida unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Andijon shahar Ma’muriy sudida 25.12.2020-yilda ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqilib, sud tomonidan «HAMMER H1» rusumli transport vositasi davlat foydasiga musodara qilingan.

Sudning mazkur qaroriga asosan Majburiy ijro byurosining Andijon shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qibul qilinib, transport vositasi auksion savdolariga chiqarilgan.

O‘tkazilgan onlayn savdolar natijasiga ko‘ra transport vositasi 301 mln. 158 ming so‘mga sotilib, savdodan kelib tushgan pul mablag‘lari davlat budjetiga yo‘naltirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring