Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 «Toyota»ni to‘xtatdi

COVID-19 «Toyota»ni to‘xtatdi

Foto: «Drom.ru»

Dunyoning eng yirik avtomobilsozi — «Toyota» kompaniyasi Yaponiyadagi 11 ta zavodida ayrim konveyerlar to‘xtatilib, ishlab chiqarish qisqartirilishini e’lon qildi.

Bu yil hisobidan hozircha boshqa hech bir kompaniya mashina chiqarishni to‘xtatgan emas. O‘tgan yili bironta ham avtokompaniya qisqartirish nimaligini bilmasdan ishlagandi.

2022-yil boshidan pandemiya «Toyota» zavodlarida kasallanishlar sonini oshirib yubordi, dezinfeksiyalash ketmoqda.

Pandemiyaning so‘nggi xurujiga qadar ham kompaniya, chiplar taqchilligi bois, global ishlab chiqarishni fevralda 150 mingtaga kamaytirib 700 mingtagacha tushirishni rejalashtirgandi.

«Qayta ko‘rib chiqish natijasida, 2022-yilning 31-martida tugaydigan moliyaviy yilda ishlab chiqarish prognozi oldin aytilgan 9 mln. birlikdan past bo‘lishi kutilmoqda», — deyiladi kompaniya bayonotida. Chunki endi boshqa qisqarishlar ham qo‘shilyapti.

«Toyota» AQSh avtobozorida «birinchi raqamli» ishlab chiqaruvchiga aylangani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring