«Dizel mojarosi». «Porsche» 535 million yevro jarima to‘laydi

Shtutgart (Germaniya) prokuraturasi «dizel mojarosi»ga aralashib qolgan «Porsche» avtokonsernini 535 mln. yevro jarimaga tortdi. Bu haqda «Deutsche Welle» xabar berdi.
Nashr yozishicha, jarima miqdori ikki qismdan iborat: kompaniya 4 million yevroni ma’muriy qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygani, 531 mln. yevroni esa tutun gazlari chiqarilishi ko‘rsatkichlarini aldov yo‘llari bilan yashirib, iqtisodiy foydani ko‘zlagani uchun to‘laydi.
Mavzuga oid: Germaniya prokuraturasi «dizelgeyt» bo‘yicha ayblovni e’lon qildi
Ma’lum qilinishicha, avtokonsern ushbu jazoga qarshi da’vosi yo‘qligini bildirgan.
Ma’lumot uchun: «Porsche» — «Volkswagen»ning sho‘’ba kompaniyasi sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter