Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gollivud kaskadyorlarini хijolat qilgan» tasvirchi ham «nasibasi»ni oldi

«Gollivud kaskadyorlarini хijolat qilgan» tasvirchi ham «nasibasi»ni oldi

Foto: YHXBB

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bizning fotograflar oldida gollivud kaskadyorlari хijolat» izohi bilan video tarqalgan edi.

Videoda yo‘lovchi o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ygan holda harakat vaqtida «Spark» rusumli avtomobil salonidan chiqib olganligi aks etgan.

Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilganda, ushbu holat 2021 yil 5 oktyabr kuni soat 16:30 larda, Yangihayot tumani hududida sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Yo‘lovchi sifatida qoidani buzgan, 1999 yilda tug‘ilgan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 138-moddasi to‘rtinchi qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «o‘rgimchak tasvirchi» jarimaga tortilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring