Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda viloyat IIB katta tergovchisi va hibsxona boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Andijonda viloyat IIB katta tergovchisi va hibsxona boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Skrinshot

Andijon viloyati IIB Tergov boshqarmasi katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i qo‘lga olindi.

«O‘zbekiston 24» telekanali orqali namoyish etilgan lavhaga ko‘ra, ular Jinoyat Kodeksining 141va 182-moddalari bilan ayblanayotgan fuqaroga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishlarini aytib, evaziga 12 ming AQSh dollari talab qilishgan. 

Ayblanuvchining opasi ularga 12 ming dollarni bergan bo‘lgan. 

DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘tkazgan tadbirda gumonlanuvchilar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring