Andijondagi yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 12-yanvar kuni soat 13:40 da Andijon viloyati Andijon tumani Kuyganyor shaharchasi «Istiqlol» MFYda joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, shunga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:55 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:00 da qurshab olingan va soat 14:55 da bartaraf etilgan..
«Yong‘in natijasida sexining taxminan 150 kv.m. maydonda tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi FVV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter