«Oyog‘imni yalatdim» – tibbiyot birlashmasi rahbarining haqoratli audiosi tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U. Mamadaliyevning jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim o‘tkazgani haqida audioxabar tarqaldi.
Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingani qayd etildi.
«Ayni paytda audioxabarda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda va ushbu holat nima sababdan yuz bergani aniqlashtirilib, shunga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. O‘rganishlar natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jurnalistlar va blogerlarning professional faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan har qanday holatlarni keskin qoralaydi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter