Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bespredel GAIga hamma narsa mumkinmi?» videosiga izoh berildi

«Bespredel GAIga hamma narsa mumkinmi?» videosiga izoh berildi

YXHB matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqda «Bespredel GAIga hamma narsa mumkinmi?» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Video lavhada, joriy yilning 8-may kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Mustaqillik ko‘chasida tuman IIB boshlig‘i «Damas» rusumli avtomobil haydovchisiga tovush chiqaruvchi moslamasini bosganligi bois e’tiroz bildirganligi va YHXB xodimi haydovchidan me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganligi, o‘zaro muloqot vaqtida xodim muomala madaniyatidan chetga chiqqanligi holati aks etgan.

Shuningdek, haydovchining me’yoriy hujjatlari to‘liq bo‘lmaganligi bois ma’muriy bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring