Toshkent viloyatida bir nechta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hududida erta tongdan yo‘llarga suv sepilib, yuvilgani va muzlab qolishi oqibatida bir nechta «avariya»lar sodir bo‘lgani haqida video lavha tarqaldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu video lavhada bugun, 18 mart kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani hududida «Matiz», «Kobalt», «Damas», «Vaz-2106» va «Neksiya» rusumli bir necha avtomobillar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
YTH yuzasidan Qibray tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter