Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahrida bo‘yoq sexi yonib ketdi

Buxoro shahrida bo‘yoq sexi yonib ketdi

Skrinshot. OperUZ.

19-aprel kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahar Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan qurilish mollari (har xil turdagi bo‘yoq) sexida yong‘in sodir bo‘ldi.

Shunga ko‘ra 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 01:54 da yetib borib, ikki soat davomida yong‘inni batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida sexning 1500 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida sexning 10.000 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga FVB rahbariyati, IIB, Prokuratura, SSB hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring