Chinozda uch yigitning o‘ylamay qilgan ishidan bir o‘smir halok bo‘ldi
2020-yil 1-yanvar kuni taxminan soat 16:30 larda 20 yoshli X.E., S.A. va B.M.lar bir guruh bo‘lishib, Toshkent viloyatining Chinoz tumani, Sarbozor ko‘chasida 60 sm uzunlikdagi temir truba ichiga qo‘l bola usulda magma va oltingugurt aralashmasini joylashtirib, yoqishadi.
Ushbu temir truba 8-sinf maktab o‘quvchisi S.G‘.ga borib tegishi oqibatida u tan jarohati oladi va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqiziladi. Afsuski S.G‘.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u shifoxonada vafot etgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2501–moddasi 3-qismi «v» bandi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter