Departament «dollarchi»larga qarshi tadbirlarni kuchaytirmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda «Yangi chek» MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.S. fuqaro X.M.ga jami 5 000 AQSh dollarini 56,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahar, «Birlik» ko‘chasida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.I. fuqaro A.T.ga jami 4 000 AQSh dollarini 45,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman dehqon bozori hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.X. fuqaro X.F.ga jami 3 300 AQSh dollarini 37 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 4 750 AQSh dollari, 55 250 Rossiya rubli va 23,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand tumani, «Chumchuqli» MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.K. fuqaro F.X.ga jami 3 000 AQSh dollarini 33,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida 3 790 AQSh dollari hamda 5,8 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter