Farg‘onada odam o‘ldirgan shaxs Qirg‘izistonda ushlandi

Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tezkor tadbirlar davomida og‘ir jinoyatni sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi shu davlatda qo‘lga tushgan.
Aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi B.S. (1999 yilda tug‘ilgan) xalqaro qidiruvgan berilgan. 2020 yilda unga nisbatan Farg‘ona ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan qidiruv e’lon qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2020 yil fevralda bir fuqaro bilan janjallashgan va uni pichoqlagan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlaridan vafot etgan. Shundan so‘ng B.S. Qirg‘izistonga qochib o‘tgan.
Ayni paytda B.S. Bishkek ichki ishlar boshqarmasida saqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter