Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada sudya (ayol) zo‘ravonlikka uchradi

Farg‘onada sudya (ayol) zo‘ravonlikka uchradi

Farg‘onada yuz bergan voqea bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bayonot berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi (ayol) zo‘ravonlikka uchragan.

Voqelik 2021-yilning 13-aprel kuni – sudya xizmat vazifasini bajarayotgan paytda sodir bo‘ldi.

Shu kuni Farg‘ona tumani, Ilg‘or MFY Saxovat ko‘chasidagi nizoli xonadonga ekspert bilan borib, holatni joyida o‘rganayotgan sudyaga fuqarolik ishiga aloqador bo‘lmagan M.N. jismoiy kuch ishlatib, qo‘lidagi shaxsiy mobil telefonini tortib oladi va yerga urib qasddan sindiradi.

Shuningdek, jamoat joyida qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqoratlaydi.

«Fuqaro M. N.ning bunday g‘ariqonuniy va g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlari nizoli ish bo‘yicha tayinlangan ekspertiza o‘tkazilmay qolishiga olib keladi.

Mazkur holat bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi vakolati doirasida kerakli choralarni ko‘rdi. Voqelik huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.

Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», – deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring