Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV Andijon shahridagi katta yong‘in haqida ma’lumot berdi

FVV Andijon shahridagi katta yong‘in haqida ma’lumot berdi

Bugun, 20-noyabr kuni soat 21:09 da Andijon shahar 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Andijon viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:40 da qurshab olingan va hozirda yong‘in o‘chirilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

FVV hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring