Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta boshida yana qor yog‘adi — «O‘zgidromet»

Hafta boshida yana qor yog‘adi — «O‘zgidromet»

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» 29—31 yanvar kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 yanvarda 3-8 daraja sovuq, 31 yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 29 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 30-31 yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, 29 yanvarda 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 31 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, 29 yanvarda 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 yanvarda 2-7 daraja iliq, 30 yanvarda 0-5 daraja iliq, 31 yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 yanvarda 0-5 daraja iliq, 31 yanvarda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 29 yanvarda 5-10 daraja iliq, 30-31 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 29 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring