Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda odamlar bino ostida qolib ketdi

Hindistonda odamlar bino ostida qolib ketdi

Foto: «Frans Press»

Hindistonning Madha Pradesh shtatidagi Indaur shahrida 4 qavatli binoning qulab tushishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va ko‘plab insonlar xarobalar ostida qolib ketgan. Bu haqda «RIA Novosti» «NDTV» telekanaliga asoslanib xabar bermoqda.

Telekanalning ma’lumotlariga qaraganda, 5 kishi bino ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. 7 kishi tan jarohati olgan, shundan ikki nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Voqea guvohlarining aytishicha, binoga mashina kelib urilgan va natijada bino qulab tushgan. Voqea joyiga politsiya va qutqaruv guruhlari yetib kelgan. Hozirda jabrlanganlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring