Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahkumni chiqarishni va’da qilgan «uchar» qo‘lga olindi

Mahkumni chiqarishni va’da qilgan «uchar» qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda IIV bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro Q.R. manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan A.ning ishonchiga kirib, uning jazo muddatini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali barvaqt tugatib berish evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring